O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Vengriya bilan o'yinda jangovar durang qayd etdi

Rauf Inileyev murabbiyligidagi 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tuzilgan Oʻzbekiston yoshlar jamoasi (U-18) Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazdi. Vengriyaning Chakvar shahrida oʻtgan bahsda vakillarimiz jangovar durang qayd etishdi — 2:2.

Ular sentabr oyida yana bir o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishlari kutilmoqda. Biroq, hozircha terma jamoamizning navbatdagi raqibining nomi ma'lum emas.