O'zbekistonda 200,1 trillion so'm miqdorda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

2021- yilning yanvar-iyun oylarida respublika korxonalari tomonidan 200,1 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 108,5 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (82,5 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 165,1 trln. so‘mni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash 7,5 %, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning – 8,6 % ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning – 12,1 % ga hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 3,5 % ga o‘sishi kuzatildi.