O‘zbekistonda 2022 yilda qancha xorijiy investitsiya jalb etdi?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 270 trln. so‘mni tashkil etgan.

Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 112,2 trln. co‘m miqdorida qayd etildi.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

— Rossiya – 20,3 %

— Xitoy – 16,4 %

— Turkiya – 10,1 %

— Germaniya – 6 %

— Saudiya Arabistoni – 6 %

— AQSH – 3,8 %

— Kipr – 3 %

— Italiya – 2,4 %

— Shveysariya – 1,9 %

— Buyuk Britaniya – 1,6 %