Oʻzbekistonda 30 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda

Kelgusi haftada O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 30 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

—Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda:
biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° issiq bo‘ladi.

—Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati:
baʼzi joylarda biroz bulutli, yogʻingarchilik boʻlmaydi, faqat 28-mart kuni joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol 27-28 mart kunlari ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonl ko'tarilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 24-29° issiq bo‘ladi.

—Buxoro va Navoiy viloyatlari:
joylarda biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esayotgan shamol 27-28 mart kunlari ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonl ko'tarilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 24-29° issiq bo‘ladi.

—Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari:
joylarda biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° issiq bo‘ladi.

—Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari:
joylarda biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 27-martda 5-10°, 28-29-martda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.

—Tog'li hududlar:
joylarda biroz bulutli, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.