O’zbekistonda avtomobillar eng ko’p ro’yxatga olingan hudud

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, O’zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 3 million 268 ming 470 dona avtotransport vositalari roʻyxatga olingan. Toshkent shahri 525 ming 28 ta avtomobil bilan yaqqol yetakchilik qilmoqda.

Shulardan yengil avtomobillar soni 3 million 51 ming 734 dona (jami avtomobillar soniga nisbatan ulushi 93,4 %), yuk avtomobillari 195 ming 784 dona (6,0 %), avtobuslar va mikroavtobuslar 15 ming 800 dona (0,5 %), hamda maxsus avtotransport 5 ming 152 donani (0,1 %) tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar hududlar kesimida:

• Toshkent shahri – 525 028
• Samarqand viloyati – 392 475
• Farg’ona viloyati – 325 009
• Toshkent viloyati – 324 154
• Qashqadaryo viloyati – 260 583
• Andijon viloyati – 223 783
• Namangan viloyati –218 613
• Buxoro viloyati – 212 757
• Xorazm viloyati – 210 255
• Surxondaryo viloyati – 183 364
• Qoraqalpogʻiston – 135 872
• Navoiy viloyati – 97 439
• Jizzax viloyati – 90 860
• Sirdaryo viloyati – 68 278 ta.