O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?

2023-yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 36 mln 197 ming 781 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, umumiy aholining 17 mln 981 ming 152 nafarini ayollar, 18 mln 216 ming 629 nafarini erkaklar tashkil qilmoqda.
Umuman olganda, doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 235 ming 477 nafarga ko‘p.






