Oʼzbekistonda benzin narxini asossiz oshirgan 109 ta “zapravka” aniqlandi

Energetika vazirligi maxsus ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlik subektlariga tegishli 109 ta xususiy АYoQShlarda benzin narxini asossiz ravishda oshirib sotish, kamomadga yoʼl qoʼyish, sifatsiz mahsulot tarqatish va kam quyish holatlari aniqlandi.

Ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar birja savdolari orqali Аi-80 rusumli benzin xarid qilishga cheklovlar oʼrnatildi va nazoratga olindi.

Yoʼl qoʼyilgan qonunbuzilish holatlariga huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.