O'zbekistonda BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi kuchga kirdi
2021-yilning 28-iyulida BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi O'zbekistonda kuchga kirganiga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.
Ushbu Konvensiyaning maqsadi barcha nogironlar tomonidan insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklaridan to'liq va teng foydalanilishini ta'minlash, himoya qilishdir.
Ma'lumot uchun, nogironlar - bu doimiy jismoniy, aqliy, intellektual yoki hissiy nuqsonlari bor shaxslar.