O‘zbekistonda boʻyi 4 metrgacha yetadigan oʻsimlik yetishtiriladi

O‘zbekiston hududida Xitoyning “Juncao” texnologiyasi asosida qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik yetishtiriladi. Ushbu o‘simlik 30 kunda 40 sm, 60 kunda 1 metr, 100 kunda 4 metrgacha o‘sadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

1 gektar yer maydonga ekilsa, undan 300 tonna chorva uchun ozuqa, 100 tonna qo‘ziqorin, 24 tonna organik mineral o‘g‘it olish mumkin. Uning poyasidan qurilish paneli (DSP) va qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi.

Bu borada, ya’ni qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xitoyning “National Engineering Research Center” milliy tadqiqot markazi bilan kelishuvga erishdi.