O‘zbekistonda bu yil oylik va pensiyalar ikki marta oshiriladi

O‘zbekiston 2023-yil davomida ish haqi va pensiyalarni ikki marotaba oshirishga qaror qildi. Bu haqda Daryo'ga Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (IPMI) direktori Umid Obidxo‘jayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida pensiyalarni 1 iyundan 12 foizga, ish haqini 1 oktyabrdan esa 10 foizga oshirish uchun 6,7 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilgan edi.
Avvalroq 1-apreldan pensiya va nafaqalar 7 foizga, 1-maydan ish haqi 7 foizga oshishi (bu holda byudjetning qo‘shimcha xarajatlari 2,2 trillion so‘mni tashkil etishi) haqida xabar berilgan edi.
1 sentabrdan boshlab byudjet sohasi xodimlarining pensiya, nafaqa va ish haqini yana 10 foizga (qo‘shimcha 5,6 trillion so‘m) oshirish ko‘zda tutilgan.
Shunday qilib, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 2023 - yilda 17,7 foizga oshishi kerak.
Markaziy bank prognoziga ko‘ra, 2023-yilda yillik inflyatsiya maksimal darajada 9,5 foizni tashkil etadi, davlat xizmatchilarining ish haqi esa yil davomida 8,2 foizga oshadi. Bu O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.






