O'zbekistonda Chevrolet Tracker 2023 avtomobilining sotuvi boshlandi

“UzAuto Motors” birinchi krossover Chevrolet Tracker avtomobilining sotuvi boshlanganini rasman ma’lum qildi. Xaridorlar bugun, 30-avgustdan boshlab avtomobilni sotib olish uchun shartnoma tuzishlari mumkin.

Ushbu yangi model o‘zining zamonaviy tashqi ko‘rinishi hamda salon interyeri shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, 2023-yildan boshlab Chevrolet Tracker qo'shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o’rindiqlarni isitish, oyna tozalagich atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o’rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o'rindig'i, rul isitish tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.

Mazkur avtomobilni “UzAuto Motors”ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan, avtorizatsiyadan o`tgan dilerlik markazlarida sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu dilerliklarda avtomobil bilan tanishish hamda texnik xususiyatlarini o'rganish uchun test-drayv ham mavjud.

Narxlar esa quyidagicha:

Boshlang'ich komplektatsiya: 179 mln so'm;
LS komplektatsiya: 209 mln so'm;
LTZ komplektatsiya: 229 mln so'm;
Premier komplektatsiya: 249 mln so'm