O‘zbekistonda chigirtka tarqalishining oldini olish ishlari boshlandi

O‘zbekiston hududlarida chigirtkalar tarqalishining oldini olish ishlari boshlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda vazirlik boshchiligida 500 ming gektardan ortiq hududni maxsus ishlov berish rejalashtirilgan.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand va respublikaning boshqa viloyatlarida chigirtkalar ko‘payish ehtimoli bo‘lgan o‘choqlarga maxsus ishlov berish choralari ko‘rilmoqda.