O'zbekistonda davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi

Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilgan ilk loyiha yo‘lga qo‘yildi. Blokcheyn — bu ingliz tilidagi ikkita so‘zdan hosil bo‘lib, "blok" va "zanjir" degan ma'noni anglatadi.

Texnologiya, ma'lumotni o‘z ichiga olgan bloklarni shifrlash bilan uzluksiz ketma-ketligi kompyuterlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Bugungi kunda, ushbu texnologiyani “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qo‘llashga erishildi. Mazkur axborot tizimida blokcheyn texnologiyasi, qayd etilgan fuqarolik holati yozuvlarini ishonchliligi, xavfsizligi va doimiyligini kafolatlash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, bloklangan ma'lumotlarni o‘zgartirish, almashtirish va soxtalashtirish imkoniyatlari cheklanadi.

Texnologiya fuqarolarning hayotiy voqealari bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy faktlarning ishonchli va xavfsiz saqlanishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, sohada mavjud byurokratik jarayonlarni kamayishiga olib kelsa, ajab emas.