O'zbekistonda davra suhbati o'tkazildi

29-iyun kuni Oliy Majlis Senati hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida “O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan 2022—2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi.
Strategiya O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.






