O'zbekistonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini kengaytirish bo'yicha vazifalar belgilab olindi

8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha investitsiya va tashqi savdo faoliyati ko'rsatkichlarini muhokama qilishga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Majlisda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etishdi. Viloyat hokimlari tadbirda videokonferentsiyalar orqali qatnashdilar.

Eksport hajmlarining o‘sishini ta’minlash uchun qo‘shimcha zahiralarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun har bir sohada ustuvor yo'nalishlar ishlab chiqildi.