O'zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

2022 - yilda O'zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oshiriladi. Bu haqida Prezident o'z yangi yil tabrigida ma'lum qildi.

2022 - yilda iqtisodiyot va tadbirkorlik tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish bizning e'tiborimiz markazida bo'ladi. Aholi daromadlari, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarni oshirish ishlarini davom ettiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, u urush va mehnat faxriylari, ayollar, yoshlar va yordamga muhtoj bo'lganlarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor berishni rejalashtirganini ta'kidladi.