O'zbekistonda ITB yillik majlisini o'tkazishga qanday tayyorgarlik ko'rilmoqda?

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jassir bilan Toshkent shahridagi 46-yillik majlisni o'tkazishga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida ITB rahbariyati tomonidan har yili o'tkaziladigan majlisga tayyorgarlik ko'rishda O'zbekiston tomonining faolligi qayd etildi. Kun tartibi doirasida tadbirni tashkil etish bilan bog'liq amaliy masalalar ko'rib chiqildi va bu borada samarali o'zaro hamkorlik algoritmlari ishlab chiqildi.
Shuningdek, tomonlar ITBning O'zbekiston bilan hamkorligining bugungi holati, amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli va uni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.






