O'zbekistonda «Magnum Cash&Carry» tarmog'ining yana bir gipermarketi ochiladi

Yil oxirigacha O'zbekistonda Qozog'istonning «Magnum Cash&Carry» tarmog'ining ikkinchi gipermarketi ochiladi. Bu haqda Qozog'iston savdo va investitsiyalar vaziri Serik Jumangarin O'zbekiston-Qozog'iston biznes forumida ma'lum qildi.
Vazir shuningdek, so'nggi 17 yil ichida O'zbekistondan Qozog'istonga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar qariyb 23 million dollarga yetganini ma'lum qildi.
«2005 yildan 2022 yilning ikkinchi choragigacha O'zbekistondan Qozog'istonga to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalarning yalpi oqimi deyarli 23 million dollarni tashkil etdi, shu davrda O'zbekiston iqtisodiyotiga Qozog'iston investitsiyalari 560 million dollarni tashkil etdi», dedi u.






