O'zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan “Innovatsion vaksinalar markazi

Loyiha qiymati — $100 mln. Markazda yiliga $2 mlrdlik gepatit A-B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklarga qarshi 10 xil vaksina ishlab chiqariladi.

ShHTga a'zo davlat rahbarlari sammiti doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov hamda “Luye Invetment Group Co.Ltd” kompaniyasi rahbari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi kompaniya bilan hamkorlikda 2023-2028- yillarda umumiy qiymati 100 mln. dollarga teng bo'lgan “Innovatsion vaksinalar markazi”ni tashkil etishi bo'yicha Memorandum imzolandi.

“Innovatsion vaksinalar markazi” – Markaziy Osiyoda yagona to'liq siklli biotexnologik ishlab chiqish korxonasi bo'lib, mahalliy va MDH mamlakatlari bozorini yuqori texnologik mahsulotlar bilan ta'minlash imkonini beradi.

Ushbu to'liq siklli biotexnologik ishlab chiqarish korxonasining ilmiy hajmdorligi va kelgusida yuqori malakali ilmiy mutaxassislar jalb qilinishini inobatga olib, “Innovatsion vaksinalar markazi"ni Toshkent viloyatida tashkil qilish taklif etilmoqda.