O'zbekistonda milliy mobil ilova ishga tushiriladi

2022-2026-yillarda O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" loyihasiga muvofiq milliy ijtimoiy tarmoq va messenjer hamda axborot-kommunikatsiya dasturlarini yaratish ko'zda tutilmoqda.

Bunda sohaning yetuk mutaxassislarini va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb etish, ularni ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamon talablariga javob beruvchi dasturiy va texnik vositalar bilan ta'minlash nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, AKT sohasida milliy mahsulotni yaratish tizimini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.