O'zbekistonda Niderlandiya Qirolligining yangi elchisi tayinlandi

2021-yilning 6-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining yangi tayinlangan favqulodda va Muxtor elchisi Hilles Arno Besxoor Pluxani qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilib, vazir elchini mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning professional tajribasi O'zbekiston-Niderlandiya munosabatlarini o'zaro manfaatli sohalarda yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Tomonlar siyosiy muloqotni, jumladan, "O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi" formati doirasida faollashtirish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.