O'zbekistonda Oliy Majlis Senati Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi

2021-yil 21-iyunda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n oltinchi yalpi majlisini 2021-yil 25-iyunda chaqirish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensiya shaklida bo'lib o'tadigan yalpi majlisda ayrim qonunlarni ko'rib chiqish bilan bir qatorda Toshkent viloyati tumanlari chegaralarini o'zgartirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.