O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 4 million so‘mga yetdi

Statistika agentligi xabariga ko’ra, O‘zbekistonda 2022-yil yanvar–dekabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 3 892 400 so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 21,1 foizga oshdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning yanvar–dekabr oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (6 314 400 so‘m), Navoiy viloyatida (5 125 300 so‘m), Toshkent viloyatida (3 946 900 so‘m), Andijon viloyatida (3 381 800 so‘m) hamda Buxoro viloyatida (3 310 000 so‘m) kuzatilgan.

Shuningdek, hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida (128,2 foiz), Xorazm (123,1 foiz), Andijon (122,6 foiz), Surxondaryo (122,0 foiz), Samarqand (121,7 foiz) hamda Namanganda (120,6 foiz) kuzatilgan.