O'zbekistonda parrandachilarga subsidiya va imtiyozlar beriladi

Prezident farmoniga binoan joriy yilning 1-iyunidan boshlab parrandachilik xo'jaliklariga (QQS to'lovchilariga) subsidiyalar ajratiladi va imtiyozlar beriladi, deb xabar beradi norma.uz axborot-huquqiy portali.

Parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m, hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, kushxona va muzlatkichlarni o‘z ichiga olgan parrandalarni so‘yishga mo‘ljallangan zamonaviy kompleksni ishga tushirgan tadbirkorlarga loyiha qiymati 40 mlrd so‘mdan oshmaydigan qismining 10 foizi miqdorida Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Davlat budjeti hisobidan subsidiya beriladi.

Ta'kidlash joizki, bunga o‘xshash aktsiyalar parrandachilarni mamlakatda fermerlikni rivojlantirishga yanada stimullashtiradi. Natijada, ko'plab parrandachilar parrandalarini keyinchalik bozorga chiqarish maqsadida ularni yetishtirishadi. Bundan tashqari, parrandachilarga davlat ko'magi bilan parrandalarni so‘yishga mo‘ljallangan zamonaviy komplekslarni barpo etish osonroq bo'ladi, bu esa, o'z navbatida, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.