O'zbekistonda paynet orqali onlayn qimorga to‘lov qilib berayotganlarga javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari o‘rganishlar davomida bir qancha takliflarni taqdim etdi. Ular orasida, P2P-platformalari (Paynet) orqali noqonuniy onlayn-totalizatorlarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratayotgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish borasidagi taklif ham mavjud.

Shuningdek:

ayni vaqtda keng tarqalgan qimorga qiziqtiruvchi firibgarliklardan xabardor qilishga yo‘naltirilgan faol targ‘ibotni amalga oshirish;

mazkur o‘yinlar reklamasi uchun javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish va belgilanadigan jarimalarni oshirish;

P2P-platformalari (Paynet) orqali noqonuniy onlayn-totalizatorlarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratayotgan shaxslarga javobgarlikni kuchaytirish;

mazkur holatda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning har qanday turlarini taʼqiqlash pozitsiyasida qolish, sport sohasini rivojlantirishda bukmekerlik faoliyatiga yo‘l qo‘yilmasligi talabini qatʼiy belgilash lozim bo‘ladi.