O'zbekistonda poytaxtga kirish yo‘llari yopilmoqda

O'zbekistonda Toshkentga kirishdagi postlar yopilgani sababli, “Bek Baraka” va sobiq “Abu Saxiy” bozorlari yo‘llarida katta tirbandliklar yuzaga keldi.

27-iyun kuni soat 17:00 dan boshlab Toshkent shahriga olib kiruvchi deyarli barcha yo'llar beton to'siqlar bilan to'sib qo'yildi. Shaharga kiruvchi va chiquvchilar tarkibini samarali nazorat qilish maqsadida Zangiota tumani markazidagi “Erkin” posti kabi sanoqli postlargina ochiq qoldirildi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 ga chalinish holatlari soni keskin ko‘paygani sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi koronavirus sabab 28-iyunidan 12-iyuliga cheklovlar o‘rnatgan.