O’zbekistonda qator xizmat ko’rsatish maskanlari qisqartirilgan ish rejimiga oʼtkaziladi

Toshkent shahrida havo haroratining pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida, shahardagi oziq-ovqat doʼkonlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat koʼrsatish shahobchalari, koʼngil ochar savdo markazlari va istiroxat bogʼlari qisqartirilgan ish rejimiga oʼtkaziladi.

Shu bois, barcha savdo va xizmat koʼrsatish shahobchalari, koʼngil ochar savdo markazlari va istiroxat bogʼlari ish faoliyatini ertalab soat 10:00 dan 17:00 ga qadar amalga oshirishi lozim.

Ish vaqtidan soʼng, barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini oʼchirilgan holda elektr va gaz isteʼmolini toʼxtatish talab etiladi.