O'zbekistonda quritilgan meva mahsulotlari eksportini oshirish imkoniyatlari

BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) loyihasini amalga oshirish doirasida «O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksporti: istiqbollari, muammolari va imkoniyatlari» mavzusida ma’ruza tayyorlandi.
Ushbu ma’ruzani tayyorlash uchun UNCTAD ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning 5 mintaqasi — Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Toshkentda o‘tkazilgan maxsus tadqiqot ma’lumotlaridan O‘zbekistonda qiymat zanjiri va quritilgan mevalar sifati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish maqsadida foydalanilgan.
Ma’ruzada qayd etilishicha, mevalar hajmi jihatidan O‘zbekistonning oltinchi yirik eksport mahsuloti hisoblanadi. 2019 yilda uning eksport hajmi 644 million dollarni tashkil etdi. Iste’mol qilinadigan mevalar O‘zbekiston eksportining 14,3 milliard dollarlik eksportining 4,5 foizini tashkil qildi. Shu bilan birga, quritilgan uzum hajmi 105 million dollarni, boshqa quritilgan mevalar esa 40 million dollarni tashkil etdi.






