O'zbekistonda Ramazon hayiti 21-aprelga to'g'ri kelishi mumkin

Ramazon hayitining 21 aprel, jumaga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar mavjud. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma'lum qildi.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun ishchi guruh shug‘ullanmoqda. Mazkur ishchi guruhning AQSH, Turkiya va G‘arb davlatlardagi vakillarining hilolni kuzatish to‘g‘risidagi oxirgi ma’lumotlari olingandan keyin 20-aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi», — deya qayd etdi idora.