O'zbekistonda rangli paxta parvarishlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Gʻo‘za biotexnologiyasi” laboratoriyasida rangli paxta yetishtirilmoqda.

Ya’ni laboratoriya tajriba maydonida olimlarimiz tomonidan molekulyar genetika, fiziologiya, biokimyo hamda seleksiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda yuqori tola sifatiga ega navlarni yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Ma'lumki, tabiatda oq paxtadan tashqari turli rangdagi g‘o‘za ekinlari ham mavjud. Laboratoriya xodimlari aynan ushbu g‘o‘za navlari ustida tadqiqotlar olib borib, tolasi och qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir, qizg‘ish, sarg‘ish, och yashil, to‘q yashil va boshqa rangdagi g‘o‘za namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari sifatini oshirmoqda.