O'zbekistonda sun'iy intellekt bo'yicha Kengash tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi tashkil etildi. Unga Innovatsion rivojlanish vazirining maslahatchisi Bobur Rahimov rahbar etib saylandi.
Sun'iy intellektdan foydalangan holda amaliy tajribalar o'tkazish va ularni mamlakat iqtisodiyotiga tezroq kiritish uchun tadqiqotchilar va kompaniyalar o'rtasida aloqa o'rnatadigan ishchi guruhlar tuziladi.






