O'zbekistonda velosport bo'yicha musobaqa o'tkazilishi rejalashtirilgan

15 iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi, O'zbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Narbaeva Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Usama Ahmad al-Shafar bilan uchrashdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senatining matbuot-xizmati.

Bugungi kunda mamlakatimizda velosiped sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston 2023-yilda VMX yo‘nalishi bo‘yicha “ZAMIN CUP” hamda velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha “Osiyo chempionati”ga mezbonlik qilishi nazarda tutilgan.

Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda mamlakatimizda velosport rivojlanishiga alohida e'tibor berilmoqda, shu sababli ushbu sport O'zbekistonda 6 ustuvor sport turlaridan biri deb tan olindi.