O'zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga, xususiy OTMlar soni 65 taga yetdi

20-fevral holatiga Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari soni 209 tani tashkil etmoqda. Shundan 36 tasi universitetlar, 49 tasi institut, 5 tasi akademiya, 1 ta konservatoriya, 24 ta hududiy filliallar, 30 tasi xorijiy OTM va uning filiallari, 65 tasi xususiy OTMlar hisoblanadi.

Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan, bunda:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
Badiiy akademiya - 1 ta;
Adliya vazirligi - 1 ta;
Bosh prokuratura - 1 ta;
Transport vazirligi - 1 ta;
Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.

P.S. Roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.