O’zbekistonda xususiy korxonalar soni 90 752 tani tashkil etmoqda

Joriy yilning 1-iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 497 293 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 90 752 taga teng bo’ldi.

Xususiy korxonalar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahri – 12 064 ta
Farg‘ona viloyati – 11 422 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 335 ta
Samarqand viloyati – 8 082 ta
Surxondaryo viloyati – 7 265 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:

savdoda – 37 296 ta
sanoatda – 15 702 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 802 ta
qurilishda – 6 926 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 134 ta