O'zbekistonda yangi karantin choralari belgilandi
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini sababli, Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.
1) joriy yilning 28-iyunidan 12-iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi;
2) xavf osti guruhiga mansub 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha aholining qatlamini koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;
3) joriy yilning 28-iyunidan boshlab respublika bo‘ylab ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;
4) ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.