O'zbekistonda yangi o'quv yilida 153 nafar Rossiyadan kelgan mutaxassis ishlaydi

O'zbekistonda yangi o'quv yilida rus o'qituvchilari "sinf" nomli rus-o'zbek gumanitar loyihasi doirasida maktab o'quvchilariga dars berishda davom etadilar.

153 rus mutaxassisidan: 104 rus tili o'qituvchisi, 35 kimyo, biologiya, fizika va matematika fan o'qituvchilari, 14 malaka oshirish kurslarining metodistlari.

O'quv qo'llanmalarini Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi bilan birgalikda tuzdilar.

2-sinf o'quvchilari uchun rus tilining yangi darsliklari bo'yicha 70 ta video darslik yaratildi.