O'zbekistonda «Yangi O'zbekiston»‎ universiteti tashkil etildi

Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston" prezidentlik universiteti taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Universitet joriy yilda ochiladi va uning tarkibiga 5 ta fakultet kiradi:
- muhandislik;
- tabiiy fanlar;
- boshqaruv;
- agrotexnologiyalar;
- axborot texnologiyalari.

Darslar o'zbek va ingliz tillarida olib boriladi. Yangi universitetdagi ta'lim jarayoni xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Masalan, Kembrij universiteti qabul imtihonlarini o‘tkazadi. Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, har qanday mamlakat kelajagini rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassislar kerak. Ushbu tashabbus yuqori darajadagi kasbiy ko'nikma va yuqori malakaga ega bo‘lgan istiqbolli kadrlarni tayyorlashga yordam beradi.