O‘zbekistonda yoshlar “yaxshi”, “o‘rta” va “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratildi

Oʻzbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilayotgan selektrda maʼlum qilindi.

Yigʻilishda taʼkidlanishicha, endilikda yoshlar bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanadi.

Bunda:

• yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

• turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;

• davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.