O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha cheklandi

Bugun, 7-yanvar kuni O‘zbekistondagi 4 ta aeroport vaqtincha yopildi. “Uzbekistan Airports” xabariga ko’ra, bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo'lgan.
Qayd etilishicha, soat 10:00 dan boshlab quyidagi aeroportlarda samolyotlarni qabul qilish va uchirishda cheklovlar joriy etildi:
"Andijon" aeroporti - tuman, ko'rish masofasi 50 m;
"Namangan" aeroporti - tuman, ko'rish masofasi 50 m;
"Farg'ona" aeroporti - tuman, ko'rish masofasi 400 m;
"Urganch" aeroporti - tuman, koʻrish masofasi 600 m.






