O'zbekistondan Italiya va Fransiyaga aviaqatnovlar vaqtincha to'xtatiladi

“Uzbekistan Airways”ning ma’lum qilishicha, aviakompaniya qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan "Urganch – Milan – Toshkent", "Urganch – Rim – Toshkent" va "Toshkent – Parij – Toshkent" yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatiladi.

Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:

Urganch – Rim – Toshkent haftaning seshanba kunlari (25-oktabrgacha);
Urganch – Milan – Toshkent haftaning juma kunlari (28-oktabrgacha);
Toshkent – Parij – Toshkent haftaning seshanba va juma kunlari (28-oktabrgacha).