O‘zbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam ortilgan 5-samolyot yetib bordi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi 12-fevral kuni Turkiyaga navbatdagi insonparvarlik yuki yetkazilgani haqida xabar berdi.
Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlari aholisi uchun yuborilgan insonparvarlik yuki chodirlar, to‘shak qoplari, elektr isitkichlar, fonarlar, kiyim-kechak, poyabzal, bolalar ovqatlari va shaxsiy gigiyena vositalaridan iborat.
Qayd etilishicha, bu 6-fevral kuni ro‘y bergan zilziladan so‘ng yuborilgan beshinchi yordam hisoblanadi.






