O‘zbekistonga energetika sohasida xorijiy mutaxassislar jalb etiladi

Prezident ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislar olib kelish, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi, deya xabar beradi Sherzod Asadov.

Shuningdek energiya ta’minotida qayerda uzilish bo‘lgan bo‘lsa, uning sabablarini ko‘rsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.