O'zbekistonga kofe importi bo`yicha yetakchilik qilayotgan davlat aniqlandi

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati $2,3 mln teng bo‘lgan 340 tonna kofe import qilgani ma'lum qilindi.

Ushbu ko'rsatkichlarga asosan, kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 tonnaga oshgan. O'zbekistonga kofe importi bo`yicha Italiya yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida ushbu davlatdan 88.4 tonna kofe sotib olingan.

Shuningdek O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar ro'yxatidan quyidagi davlatlar ham o`rin olgan:

- Braziliya – 50,4 tonna
- Rossiya – 51,6 tonna
-Germaniya – 29,6 tonna
- Pol'sha – 29,1 tonna
-Turkiya – 13,9 tonna