O'zbekistonga koronavirusning yangi to'lqini yuzaga keladimi?

Shifokor Azizbek Boltayevning so'zlariga ko'ra, O'zbekistonga koronavirusning yangi to'lqini yuzaga kelishi mumkin, deb yozadi podrobno.uz axborot portali.

Uning so'zlariga ko'ra, tuzalib ketgan odamda 7 oydan ko'p bo'lmagan muddat davomida koronavirusga qarshi immunitet shakllanadi va shundan keyin u yana qayta yuqtirib olishi mumkin. Mutaxassis statistik ma'lumotlarga asoslanib, O'zbekiston boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda emlash ko'rsatkichlari 5 baravar ortda qolayotganini, bu esa bir necha oy ichida infektsiyalar bilan keng ko'lamli falokatni keltirib chiqarishi ehtimolini ta'kidladi.

Mutaxassis muammoni bartaraf etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarga o'xshab, emlash kampaniyasini kuchaytirish kerakligini aytdi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, rivojlangan mamlakatlarda emlash qamrovi taxminan 50% ni tashkil qiladi.