Oʻzbekistonga Turkmanistondan issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

O‘zgidromet 13—14-aprel kunlari Oʻzbekiston bo‘ylab juda ham issiq harorat kuzatilishini prognoz qilmoqda. Unga koʻra, hafta o‘rtalarida qo‘shni Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimi respublikaga kirib keladi.
Xususan, 13-aprel kuni shimol, janub viloyatlari bilan bir qatorda Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida kunduz kuni havo harorati +37 darajagacha isiydi.
14-aprel kuni shimoliy hududlardan tashqari respublika bo‘ylab mavsum uchun xos bo‘lmagan juda yuqori havo harorati kuzatiladi. Bu kuni hatto vodiy va Toshkent viloyatlarida ham harorat +37 darajagacha koʻtariladi.
14-aprel kuni shimolda havo harorati maksimumi 13-aprel kungiga nisbatan ancha pasayadi va +25 daraja boʻlishi kutilmoqda.






