O'zbekistonga Xalqaro valyuta jamg'armasidan 750 million dollardan ortiq mablag' ajratilishi mumkin

XVJ ma'lumotlariga ko'ra, Xalqaro valyuta jamg'armasi koronavirus davrida jahon iqtisodiyotini tiklash uchun rekord darajadagi 650 milliard dollar ajratishni ma'qulladi.

"Xalqaro valyuta jamg'armasi zaxira aktivlaridan rekord darajadagi 456 milliard dollar SDR (XVJ hisob birligi, 650 milliard dollar) ajratadi. 275 milliard dollar rivojlanayotgan bozorlar va rivojlanayotgan mamlakatlarga tushadi”,- deyiladi jamg'arma press-relizida.

Pul ajratish haqidagi qaror 23 avgustdan kuchga kiradi. O'zbekiston 754 million dollar olishi mumkin. XVJ jahon iqtisodiyoti bu yil 6 foizga, kelasi yil 4,9 foizga o'sishini kutmoqda.