Oʻzbekistonga yanvar oyida qancha turist kelgan?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Yanvar oyida eng ko’p turist Tojikiston va Qozogʻistondan kelgan.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 254,1 ming nafarga yoki 2,5 baravarga oshgan.
Oʻzbekistonga yanvar oyida eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Tojikiston – 139,6 ming nafar;
— Qozogʻiston – 116,6 ming nafar;
— Qirgʻiz R. – 103,2 ming nafar;
— Rossiya – 41,9 ming nafar;
— Turkiya – 6,7 ming nafar;
— Koreya – 2,4 ming nafar;
— Turkmaniston – 2,3 ming nafar;
— Hindiston – 1,1 ming nafar;
— Ozarbayjon– 0,7 ming nafar;
— Belarus R. – 0,7 ming nafar;
— AQSH – 0,6 ming nafar;
— Germaniya – 0,5 ming nafar;
— Fransiya – 0,3 ming nafar;
— Buyuk Britaniya – 0,4 ming nafar;
— Xitoy – 0,4 ming nafar.






