O'zbekistonga yengil avtomobillar importi bo'yicha «Top 8 davlat»

Bu yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 10 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 9332 ta
Koreya – 7600 ta
Qozog‘iston – 5717 ta
Rossiya – 1443 ta
AQSh – 475 ta
BAA – 127 ta
Yaponiya – 122 ta
Germaniya – 111 ta
Avvalroq biz O`zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi yetakchi davlatlar haqida ma'lum qilgan edik.






