O’zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor boʻldi

Joriy yilning 1-6–iyun kunlari Rossiyaning Moskva shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha “Katta regata” turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan o’zbekistonlik sportchilar umumiy hisobda 10 ta medalni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi xabariga ko’ra, turnirda mezbonlardan tashqari Belarus, Serbiya, Armaniston va Oʻzbekiston terma jamoalari bahs olib borgan.
Qayd etilishicha, musobaqada katta tarkibda ishtirok etgan o’zbekistonlik atletlar 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan.
Turnirda sovrinli oʻrinlarni egallagan sportchilar roʻyxati:
Oltin medal:
LM1x: Sobir Safaroliyev
LM2x: Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov
LM4x: Sobir Safaroliyev, Shahzod Nurmatov, Jasur Mavlonov, Samir Roziqov
W4x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Nargiza Joldasbayeva, Rayxona Safarova
Kumush medal:
M4-: Sardor Toʻlqinxoʻjayev, Dilshod Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiyev
M8+: Doston Bahriyev, Dilshod Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov, Alisher Turdiyev, Shohjaxon Najmiyev, Zafar Usmonov, Davr Davronov, Anatoliy Krasnov, Farruh Oblokulov (yoʻlboshchi)
M4x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzayev, Mehroj Mamatqulov, Abdullo Muxammadiyev
Bronza medal:
M4-: Doston Bahriyev, Shohjaxon Najmiyev, Zafar Usmonov, Oʻktam Davronov
M2x: Davr Davronov, Shahboz Xolmurzayev
LW2x: Malika Tagmatova, Luiza Islomova.






