O'zbekistonlik bodibilderlar doping tufayli musobaqalardan chetlashtirildi

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, bodibilding bilan shug‘ullanuvchi ikki nafar sportchida taqiqlangan dori vositalari borligi aniqlangan.

Xalqaro bodibilding federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bodibilding ustasi Tixon Galaktionovda testosteron va stanozolol, Milena Prudskixda torasemid (diuretik) borligi aniqlangan.

Ular 2026 yilning noyabrigacha sport musobaqalarida ishtirok etishdan chetlashtiriladi.